Yashil taraqqiyot uchun kurashamiz
O'zbekiston Ekologik partiyasi tashabbusi bilan Jizzax viloyatida "Yashil taraqqiyot uchun kurashamiz!" respublika ekoforumiga start berildi.
Ekoforum ishtirokchilarning ekologik bilimlarini oshirishga xizmat qilmoqda. Ishtirokchilarga bugungi atrof-muhit sharoitidan kelib chiqqan holda qanday daraxt turlarini ko‘paytirish zarurligi, daraxt ko‘chatlarining qaysilari havoni tozalashga ko‘proq xizmat qilishi borasida ko‘plab ma’lumotlar berdilar.
Partiya raisi A. Xamzayev dorivor o‘simliklarning bir necha turlarini ko‘rsatib, ulardan tabiiy dorilar tayyorlash yo‘lga qo‘yilsa ko‘plab kasalliklarning oldi olinishi, ayrim hollarda inson salomatligaga aks ta’sir qiluvchi kimyoviy yo‘l bilan tayyorlangan ba’zi dorilardan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj sezilarli kamayishi to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdi. Kunning yarmida ekoforum ishtirokchilari Zomin milliy tabiat bog‘iga tashrif buyurdi tadbir ishtirokchilar tomonidan milliy tabiat bog'i hududida "Tabiatni plastik va polietilenlardan tozalash" aksiyasi o'tkazildi.