Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Zomin tumanida soliqchilar ko‘magi bilan “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida manzilli ishlar amalga oshirilmoqda

Zomin tumanida soliqchilar ko‘magi bilan “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida manzilli ishlar amalga oshirilmoqda

22 сентябрь 2023 йил
465
0

Xalqimiz kovul deb nomlagan bu noyob o‘simlik qimmatbaho xom ashyo hisoblanadi.

   

Tabobat ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino kovuldan ko‘plab kasalliklarni davolashda qo‘l keladigan darmondorilar tayyorlash usullarini yozib qoldirgan.

Kovul yer tanlamaydi, agrotexnikasi ham murakkab emas, ya’ni parvarish talab etmaydi. U o‘zini o‘zi qo‘riqlaydi. Yangi ekilgan kovul 3 yilda hosilga kiradi hamda gektaridan 20 tonnagacha hosil yig‘ishtirib olish mumkin.

  

Agar har gektar kovulzor mahsuloti eksport hisobiga 125 ming AQSh dollari miqdorida samara berishi mumkinligini nazarda tutsak, uning koni foyda ekanligi o‘z-o‘zidan ayon.

Jahon bozorida xaridorgir bo‘lgan kovul fermerlarimiz iqtisodini mustahkamlaydigan, serdaromad omillardan biridir.

Zomin tumanidagi “Zomin Sahovat” mas’uliyati cheklangan jamiyatning ish boshlaganiga xali ko‘p bo‘lgani yo‘q.

Ispaniya va Turkiya davlatlariga kovulzor mahsulotini eksport qilmoqda.

  

Prezidentimiz joriy yilning  15 may kuni o‘tkazgan yig‘ilishda aholini ish bilan ta’minlash va malakali mutaxassislar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida tadbirkorlikka yanada keng imkoniyatlar yaratish va moliyaviy rag‘batlar taqdim etish zarurligini qayd etdi.

  

Shu maqsadda 2023 yil 1 iyundan boshlab “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturini amalga oshirish boshlanadi. Mazkur dasturni bajarish uchun barcha manbalardan 1 milliard dollarga teng mablag‘ ajratiladi.

50 nafardan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratgan “Zomin Sahovat” jamiyati  ham mazkur  dasturga kiritilib, soliqlardan alohida imtiyozlarga ega bo‘ldi.

  

Korxona xodimlari tomonidan ayni damda 300 gektar yer maydonida kovilning “O‘zbekiston – 20” navini yetishtirmoqda.

O‘tgan yili 300 tonna kovul mahsuloti yetishtirildi.   Bu yil  esa 500 tonna kovul mahsuloti sotilishi rejalashtirilgan. 

Dasturga kiritilgan korxonaga bankdan 300  million so‘mlik imtiyozli krediti hisobidan xorijdan kovilni saralab, qoliblaydigan  zamonaviy texnologik uskunalar keltirib o‘rnatilishi rejalashtirilgan.   Faoliyatni kengaytirish hisobiga 80 doimiy, 200 mavsumiy ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilmoqda.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Zomin tuman hokimining bayram tabrigi
31 август 2023, Четверг
Zomin tuman hokimining bayram tabrigi
DIQQAT   E’LON !!!
22 май 2023, Понедельник
DIQQAT E’LON !!!
MAXSAR MOYLI O‘SIMLIGINI EKISH VA PARVARISHLASH
15 февраль 2023, Среда
MAXSAR MOYLI O‘SIMLIGINI EKISH VA PARVARISHLASH
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar