Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » “To‘maris avlodlari –2024” tanlovi g‘oliblari

“To‘maris avlodlari –2024” tanlovi g‘oliblari

01 февраль 2024 йил
154
0

 Bugungi kunda xotin-qizlarimizning Vatan himoyasi yo‘lida xizmat qilayotgani e’tirofga loyiq. Ular Vatanimiz sarhadlarini yigitlar bilan bir safda turib qo‘riqlamoqdalar. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari tizimida faoliyat yuritayotgan mana shunday vatanparvarlar bilan, faxrlansa arzigulik xotin-qizlarimiz Jizzax viloyati Zomin tumanida “To‘maris avlodlari –2024” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichlarida bahs olib bordi.

   Unda  Jizzax shahar, Zomin tumani va Samarqand viloyatidan   kelgan xotin-qizlar ishtirok etdi. 6 shartdan iborat tanlov chegara sohasida xizmat qilayotgan iste’dodli, zukko, harbiy tayyorgarligi yuqori bo‘lgan xotin-qizlarni aniqlashga qaratildi.

  Unda ayollarning nafaqat aqliy salohiyati, balki jismoniy epchilliklari ham sinovdan o‘tkazildi. Tanlovda muqaddas Vatanimizni sharaflovchi turli she’rlar aytildi, qo‘shiqlar kuylandi, jinoyatchilikka qarshi kurashishga undovchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

  Bilamizki, DXX Chegara qo‘shinlarida xizmat qilish uchun jismonan baquvvat, aqlan zukko hamda chuqur bilim egasi bo‘lish lozim. Aynan harbiy xizmatchi ayollarning mazkur shart bo‘yicha ham bilimlari sinab ko‘rildi.

 Savol-javob yo‘nalishida o‘tgan shartda ishtirokchilarga harbiy, tarixiy, siyosiy hamda geografik yo‘nalishlarga oid savollar berildi. 4 ta shartdan namunali o‘tgan ishtirokchilar pazandachilik yo‘nalishida ham mahoratini ko‘rsatdi.

   Hakamlar hay’ati tomonidan sinovlar 10 ballik mezon asosida baholab borildi. Natijalarga ko‘ra, ishtirokchilar orasidan ,,To‘maris avlodlari –2024” ko‘rik- tanlovining saralash bosqichida 3-o‘rinni Jizzax shahar vakili Shoxsanam Magamatovna  qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-o‘rin Zomin tumanidan qatnashgan Gavhar Abdullaevaga nasib etdi. Faxrli 1-o‘rinni Samarqand viloyatidagi harbiy qismda xizmat qilayotgan Kumush Baxrom qizi egalladi. 

Mazkur tanlov g‘olibasi poytaxtimizda bo‘lib o‘tadigan Respublika bosqichida Jizzax viloyatini sha’nini himoya qiladi.

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar