Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » QONUNCHILIKDAGI ISLOHATLAR TO‘G‘RISIDA

QONUNCHILIKDAGI ISLOHATLAR TO‘G‘RISIDA

19 сентябрь 2024 йил
74
0

Hozirgi kunda Davlatimizda amalga oshirilayotgan ma’muriy islohatlar mamlakat rivoji hamda inson huquqlarni himoya qilishning asosiy vositalaridan biri deb hisoblasak mubolag‘a bo‘lmaydi.

            Ammo davlatning rivojiga to‘sqinlik qilayotgan illatlar ham mavjud bo‘lib, ulardan biri korrupsiya holatlari hisoblanadi. Mazkur holatlarni bartaraf etish uchun davlat organlari tomonidan turli hil choralar amalga oshirilmoqda.

            Shunga ko‘ra, korrupsiya holatlarini bartaraf etish, unga nisbatan murosasiz bo‘lish, aholining mazkur holatga bo‘lgan huquqiy tushunchasini shakllantirish maqsadida Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi X.Madatov tomonidan joriy yilning 18 sentabr kuni Zomin tuman hududida joylashgan Obi-hayot mahalla fuqarolar yig‘ini binosida mahalla aholisi va xotin-qizlar faollari ishtirokida davra suxbati tashkil etilib, tadbir ishtirokchilariga korrupsiyaga qarshi kurashish, ularga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tdi.

 Jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish, ularga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan qonun hujjatlari mavjud bo‘lib, mahalla fuqarolariga “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 02.02.2017 yildagi
PQ-2752-sonli qarori yuzasidan tushunchalar berib o‘tdi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Xususan, mazkur Qonunning maqsadi va vazifalari, undagi asosiy tushunchalar haqida aytib o‘tildi. Unga ko‘ra, korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish; korrupsiyaga oid huquqbuzarlik — korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;

 manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsning shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning o‘z lavozim yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari, qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan (mavjud manfaatlar to‘qnashuvi) yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan (ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi) vaziyat kabi tushunchalar haqida so‘z yuritdi. 

O‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga sud raisi tomonidan batafsil javoblar berib o‘tdi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar