Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Xotin-qizlar huquqlari davlat himoyasidadir

Xotin-qizlar huquqlari davlat himoyasidadir

25 сентябрь 2024 йил
94
0

 Demokratik davlatlarning rivojlanish bosqichida turli hil sohada islohatlarni amalga oshirish jarayoni jadallashadi. Mazkur islohatlar nafaqat amaliy faoliyatda, balki, qonun hujjatlarini zamon talabiga moslash, ushbu normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish orqali ham ko‘zga tashlanadi.

Rivojlanayotgan davlatning mazkur islohatlar zamirida inson huquqlarini eng oliy qadriyat, asosiy omil sifatida e’tirof etadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilishga doir qator islohatlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Xususan, hozirda xotin-qizar va bolalar huquqlari bo‘yicha qonun hujjatlari qabul qilinib, mazkur qonun hujjatlarida xotin-qizlarga har sohada keng imkoniyatlar yaratilib kelinmoqda.

Shunga ko‘ra, Mamlakatimizda qabul qilinayotgan qonun hujjatlari yuzasidan aholi ya’ni xotin-qizlarning huquqiy tushunchalarini shakllantirish maqsadida Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi X.Madatov tomonidan joriy yilning 20 sentabr kuni Zomin tuman hududida joylashgan “Turkman” mahalla fuqarolari yig‘ini binosida mahalla aholisi va xotin-qizlar ishtirokida davra suxbati tashkil etilib, yig‘ilish ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 sentabrdagi “Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-376-sonli qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berib o‘tdi.

Jumladan, Kasanachilikni rivojlantirish orqali oila budjeti daromadlarini oshirish, uy mehnatidan foydalangan holda ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish orqali ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlar sonini qisqartirish, mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida, 2022-yil 1-oktabrdan boshlab, mazkur qarorga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 apreldagi PQ-214-son qarorining 4-bandiga muvofiq, kasanachiga zarur asbob-uskuna xarid qilish uchun tadbirkorlik sub’ektlariga ajratiladigan subsidiya miqdori amaldagi bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha oshirilganligini, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan olis va chekka hududlardagi mahallalarda kamida 20 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni kasanachilik asosida ish bilan ta’minlagan tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida har yili bir marotaba har birining qiymati 50 million so‘m bo‘lgan loyihalar tanlovini o‘tkazilishini, yangi ish boshlayotgan kasanachilar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, rivojlantirish va takomillashtirish hamda ularga uslubiy yordam berish uchun xotin-qizlar tadbirkorlik markazlarida Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan lider kasanachilarni jalb etgan holda o‘quv kurslari tashkil etilishini, «Ayollar daftari»ga kiritilgan kamida 5 nafar ishsiz xotin-qizlarni kasanachilik asosida ishga qabul qilgan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan davlat mulkidagi bino va inshootlarni ijaraga olishda ijara haqi 50 foiz miqdorda undirilishini, ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan va xodimlari umumiy sonining kamida 70 foizi «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar bo‘lgan kasanachilikni tashkil etgan va imtiyoz berilgan davrda ularning bandligini saqlab qolgan tadbirkorlik sub’ektlari davlat mulkidagi bino va inshootlar uchun ijara haqi to‘lovidan 2027-yil 1-oktabrga qadar ozod etilishini ta’kidlab o‘tdi.

O‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga sud raisi tomonidan batafsil javoblar berib o‘tildi. 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

QONUNCHILIKDAGI ISLOHATLAR TO‘G‘RISIDA
19 сентябрь 2024, Четверг
QONUNCHILIKDAGI ISLOHATLAR TO‘G‘RISIDA
Inson huquqlarining himoya qilinishi sud tomonidan kafolatlanadi
12 сентябрь 2024, Четверг
Inson huquqlarining himoya qilinishi sud tomonidan kafolatlanadi
BOLA HUQUQI DAVLAT HIMOYASIDA
23 декабрь 2023, Суббота
BOLA HUQUQI DAVLAT HIMOYASIDA
Zo‘ravonlikka qarshimiz
07 декабрь 2023, Четверг
Zo‘ravonlikka qarshimiz
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar