Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Aholi bilan ochiq muloqatlar davom etmoqda

Aholi bilan ochiq muloqatlar davom etmoqda

02 октябрь 2024 йил
68
0

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 7-moddasi Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir.

O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan organlar tomonidangina amalga oshiriladi.

Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o‘zlashtirish, hokimiyat organlari faoliyatini to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi deb belgilab qo‘yilgan.

 Bundan ko‘rinadiki, xalqning muammosi bu – davlat hokimiyati organlarining muammosi hisoblanadi. Hozirda Respublikamizda turli hil sohadagi islohatlar amalga oshirilayotagan bir davrda mazkur islohatlardan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri inson huquqlarini himoya qilish va e’zozlash, ularga keng imkoniyatlar yaratish, davlat hokimiyati organlarining adolatlilik va qonuniylik tamoyillari asosida fuqarolarga beminnat xizmatlarini ta’minlash kabilar ekanlagini e’tirof etsak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ushbu amalga oshirilayotgan islohatlar yuzasidan davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan aholi orasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish qonunchilikdagi yangiliklar, tadbirkorlarga berilayotgan keng imkoniyatlarni tushuntirish maqsadida Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi X.Madatov tomonidan joriy yilning   joriy yilning 24 sentabr kuni Zomin tumani G‘ofur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan
1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida  mahalla aholisi va faollar ishtirokida davra suxbati  tashkil etilib, yig‘ilish ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-328-sonli Qonunining mazmun-mohiyati yuzasida tushuntirishlar berildi.

 Jumladan, mazkur qonun hujjati 2012 yil 2 mayda yangi tahrirda qabul qilinib, uning asosiy vazifalari fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va undan manfaatdor bo‘lishi uchun kafolatlar hamda sharoitlar yaratishdan, ularning ishchanlik faolligini oshirishdan, shuningdek tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat ekanligi belgilab o‘tildi.

Ushbu Qonunga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyati tushuniladi.

Shuningdek, qonun hujjatida tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga; yuridik shaxs bo‘lgan boshqa tadbirkorlik sub’ektlarining muassislari (ishtirokchilari) bo‘lishga; mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka egalik qilishga, undan foydalanish va uni tasarruf etishga; o‘z faoliyati yo‘nalishlarini, tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarni va o‘z tovarlarining (ishlarining, xizmatlarining) iste’molchilarini mustaqil ravishda tanlashga; tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olishga, bundan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorida ustun mavqeni egallab turgan tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari mustasno; o‘z tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini), ishlab chiqarish chiqindilarini bozor kon’yunkturasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilanadigan narxlar va tariflar bo‘yicha yoki shartnoma asosida realizatsiya qilishga, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; barcha ishlab chiqarish xarajatlarining o‘rni qoplanib, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin qolgan daromadni (foydani) erkin tasarruf etishga, sud tartibidagi majburiy undiruv hollari bundan mustasno; kreditlar olishga, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini hamda o‘zga mol-mulkini shartnoma shartlari asosida jalb etishga, shu jumladan binolarni, inshootlarni, uskunalarni va o‘zga mol-mulkni olishga va (yoki) tekin, ijaraga (lizingga) olishga hamda ularni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga yo‘naltirishga; tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishga haqli ekaniligi tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining huquqlari sifatida belgilab berilgan bo‘lsa, tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari: o‘zlari tuzgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishi; soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashi; mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlayotgan shaxslarning mehnat haqini qonunchilikda Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilangan miqdordan oz bo‘lmagan miqdorda belgilashi, ular bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilishi, shuningdek ish beruvchi sifatida o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilishi; mehnatni muhofaza qilish hamda xavfsizlik texnikasi, ekologiya, sanitariya va gigiena sohasidagi qonunchilik va normativ hujjatlar talablariga rioya etishi; raqobat to‘g‘risidagi va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish haqidagi qonunchilik talablariga rioya etishi; realizatsiya qilinadigan mahsulot va xizmatlar uchun sertifikatlarga ega bo‘lishi; joylashgan yeri (pochta manzili) va boshqa rekvizitlari o‘zgarganligi to‘g‘risida tegishli davlat organlarini o‘z vaqtida xabardor qilishi; buxgalteriya, tezkor va statistika hisobini qonunchilik talablariga muvofiq yuritishi; o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishli davlat organlariga belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etishi shart ekanligi kabi majburiyatlari ham belgilab o‘tilganligi to‘g‘risida tushuntirishlar berib o‘tdi.

O‘tkazilgan davra suxbatida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga sud raisi tomonidan batafsil javoblar berib o‘tdi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar