Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » YER UCHASTKASI QIYMATINI E-AUKSION.UZ DA BO‘LIB-BO‘LIB TO‘LASH MUMKIN

YER UCHASTKASI QIYMATINI E-AUKSION.UZ DA BO‘LIB-BO‘LIB TO‘LASH MUMKIN

03 октябрь 2024 йил
76
0

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 06.09.2024 yildagi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-135-son Farmoni imzolandi. 

 

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida va  qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish bugungi kunda E-auksion.uz savdo platformasi orqali amalga oshiriladi. Ushbu farmon bilan endilikda  yerlarni auksion orqali xarid qilishda  yer narxi qiymatini qiymatini quyidagi shartlarda har oyda teng ulushlarda, qoldiq summaga Markaziy bankning asosiy stavkasida foiz hisoblagan holda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berildi:

  • Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida – 3 yil davomida kamida 35 % miqdorida dastlabki to‘lovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan;
  • boshqa aholi punktlarida – 5 yil davomida, 4 va 5-toifalardagi** (Jizzax viloyatida Baxmal,Yangiobod,Arnasoy tumanlari ushbu toifalarga kiritilgan) tumanlarda esa – 10 yil davomida kamida 15 % miqdorida dastlabki to‘lovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan

**(4 va 5-toifa tumanlar ruyxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 30.12.2022 yildagi PF-287 sonli farmonida tasdiqlangan)

 

Ushbu faromon bilan e-auksion,uz savdo platformasi orqali  yer uchastkasi g‘olibi platformadigi shaxsiy kabineti orqali tasdiqlagan  yer qiymatini  15 ish kunida to‘liq to‘lashni amalga oshirmoqchi bo‘lgan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 % chegirma beriladi, bundan mulkning boshlang‘ich narxi 50 %dan ortiqqa pasaytirilgan holda realizatsiya qilingan yer uchastkalari mustasno.
Ushbu farmon doirasida bugungi kunda Jizzax viloyati bo‘yicha 5500 dan ortiq yer uchastkalari mulk va ijara xuquqi asosida e-auksion savdo platformasiga chiqarilgan. 

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi, ijara huquqi va doimiy foydalanish huquqi bilan yangidan ajratishda (realizatsiya qilishda) asosiy shartlar asosida mazkur yer uchastkasida bino va inshootlarni loyihalash, qurilishni boshlash va yakunlash hamda ob’ektni foydalanishga topshirish muddatlari majburiy ravishda ko‘rsatiladi.

 

Yangi auksion orqali  realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan ob’ektni foydalanishga topshirish davriga teng bo‘lgan, biroq uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda yer solig‘i stavkasi 50 % miqdorida qo‘llanadi, bundan Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida joylashgan yer uchastkalari mustasno.

 

Loyihalash, qurilishni boshlash va yakunlash hamda ob’ektni foydalanishga topshirish muddatlariga rioya qilinmaganda, hokimlik tomonidan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni bekor qilish to‘g‘risida sudga da’vo arizasi kiritiladi. Yer uchastkasi boshqa shaxsga realizatsiya qilish uchun elektron onlayn auksionga chiqariladi.

 

2025 yil 1 yanvardan boshlab:

  • yer fondining barcha toifalari va yer turlari, shu jumladan, oldindan mavjud va yangidan ajratiladigan (realizatsiya qilinadigan) yer uchastkalari uchun yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari joriy etiladi

 

  • yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish ob’ektlarining yagona klassifikatoriga muvofiq asosiy, shartli ravishda ruxsat berilgan va yordamchi turlarda belgilanadi. Bunda yer uchastkasida joylashgan kapital qurilish ob’ektidan foydalanish maqsadi yer uchastkasining ruxsat etilgan foydalanish turiga muvofiq bo‘lishi shart;

 

  • yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turi yer uchastkalarini berishda (realizatsiya qilishda), ularni baholash, auksion savdolari uchun boshlang‘ich narxini aniqlashda, qurilish sohasida ruxsat beruvchi xususiyatga ega hujjatlarni rasmiylashtirishda, ijtimoiy va infratuzilma ob’ektlariga yuklamani hisoblashda, soliq stavkalariga oshiruvchi va kamaytiruvchi koeffitsientlarni qo‘llashda va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda inobatga olinadi

 

“Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish”
AJ Jizzax viloyati vakili                                                    Farhod Murodov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Xotin-qizlar huquqlari davlat himoyasidadir
25 сентябрь 2024, Среда
Xotin-qizlar huquqlari davlat himoyasidadir
2024-YILGI XUSUSIYLASHTIRISH DASTURI
13 май 2024, Понедельник
2024-YILGI XUSUSIYLASHTIRISH DASTURI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
25 май 2023, Четверг
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar