Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » TO‘QSONBOSTI USULIDA EKINLAR EKISH BO‘YICHA TAVSIYALAR

TO‘QSONBOSTI USULIDA EKINLAR EKISH BO‘YICHA TAVSIYALAR

17 сентябрь 2024 йил
117
0

To'qsonbosti sabzavot ekinlarini yetishtirish xususiyati

Mamlakatimiz aholisini ertagi sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish maqsadida, hosildan bo‘shagan maydonlarga sovuqga chidamli ekinlardan sabzi, piyoz, sarimsoqpiyoz, osh lavlagi, kashnich, petrushka, selderey kabi to‘qsonbosti muddatida ekib yetishtirish muhim ahamiyatga ega. To‘qsonbosti erta ko‘klam, ilikuzdi kezlarida aholi dasturxonini sabzavot va servitamin ko‘katlar bilan to‘ldirish va bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.  Shuningdek,   to‘qsonbosti usulida sarimsoqpiyoz yetishtirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmlarini ko‘paytirishning o‘ta maqbul manbai sifatida ham tavsiya etiladi. Sabzavotchilikda kech kuzgi ekish muddatini dehqonlar “To‘qsonbosti” ekin deb atab kelgan, chunki bu ekinning urug‘i yerga sepilgandan so‘ng qishning to‘qson kunlik sovuqli kunlari bosti degan ma’noni anglatgan. Zomin tumanida har yili aholini ertagi sabzavot mahsulotlari bilan ta’minlash uchun bog‘ oralari, aholi tomorqalari va asosiy maydonlarga to‘qsonbosti usulida ekin ekiladi. Bu yil ham dehqonlarimiz tomonidan 12 ming gektardan oshiq maydonga ya’ni bog‘ oralari, aholi tomorqalari va asosiy maydonlarga to‘qsonbosti ekinlarini ekish rejalashtirilgan.

To‘qsonbosti-usulida ekinlar ekish bo‘yicha tavsiyalar.  

To‘qsonbosti usulida ekilgan sabzavot ekinlari urug‘lari erta ko‘klamda yerdan juda barvaqt unib chiqib, tez rivojlanishi xisobiga erta hosil beradi. Kech kuzda sovuq va namgarchilik boshlanmasdan oldin to‘qsonbosti usulida ekish uchun noyabr oyining oxiri, dekabr oyining birinchi dekadasida sovuqqa chidamli sabzavot ekinlaridan sabzi, piyoz, osh lavlagi, karam, ko‘kat sabzavotlar ismaloq, ukrop, petrushka, selderey, kashnich, salat ekinlarining urug‘larini ekish kerak. To‘qsonbosti qilib sepiladigan sabzavot ekinlari urug‘ sarfi me’yori 20% gacha ko‘p bo‘ladi. Tumanning lalmi va suv tanqis maydonlarda xam to‘qsonbosti ekish muddatida sabzavot ekinlarini ekish yaxshi iqtisodiy samara beradi. Tumanning ob-havo va tuproq sharoitiga qarab mo‘l hosilli, sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan, zararkunanda va kasalliklarga chidamli, navlarni to‘g‘ri tanlash, bunda ushbu ekinlarning erkaklab ketmaydigan ya’ni o‘zak, gulpoya hosil bo‘lmaydigan navlarini ekish kerak. To‘qsonbosti usulida piyozning Istiqbol va Zafar, xorijning Manas, Daytona, Leone, Banko navlarini ekish maqsadga muvofiq. Sabzining qizil rangli, Ziynatli va Farovon, xorijning Shantane 2461, Kuroda Shantane navlarini, osh lavlagining Diyor va Yagona navlarini, oq bosh karamning Buxarest F1, Vestri F1, Lion F1 navlarini ekish tavsiya etiladi. Ko‘kat sabzavotlar yuqori hosildorligi, tezpisharligi, issiqqa kam talabchanligi, tuproqqa, namga va oziq moddalarga ko‘p talabchanligi bilan boshqa sabzavotlardan ajralib turadi. Ulardan salat o‘simliginining ko‘k shox va xorijning Fiorett, Konkord F1 navlarini, ismaloqning nafis navini, ukropning mahalliy Uzbekskiy 243, Orom va xorijning Anet navlarini ekish tavsiya etiladi. Kashnichning Orzu va Yantar navlari, petrushkaning Nilufar, Saxarnaya va Novas navlari yaxshi hosil beradi. Sepilgan sabzavot ekinlarining urug‘lari qish mavsumida unmaydi, qishki yog‘ingarchiliklar natijasida urug‘lar tuproqdagi namlikka to‘yinadi va havo harorati 4-50S bo‘lganda ko‘klamda barvaqt begona o‘tlar urug‘laridan oldin yer nami bilan unib chiqa boshlaydi. Sabzavot urug‘lari erta unib chiqish uchun ekilgan egatlar ustidan chirigan mahalliy o‘g‘itlar yoki daraxt qipiqlari tashalandi. Polietilen plyonkalar bilan yopiladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, to‘qsonbosti sabzavot ekish yerdan unumli foydalanish, yuqori iqtisodiy samaraga erishish va aholiga erta, yangi mahsulot yetishtirish garovidir.

Zomin tuman agrosanoat majmui

ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i
Sh.Turdibekov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Takroriy ekin-qo‘shimcha daromad manbai
08 июль 2024, Понедельник
Takroriy ekin-qo‘shimcha daromad manbai
Takroriy ekin sifatida kartoshka yetishtirish
21 июнь 2024, Пятница
Takroriy ekin sifatida kartoshka yetishtirish
Kartoshka yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar
08 апрель 2024, Понедельник
Kartoshka yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar
Zomin ilmiy-tajriba stansiyasi tashkil etiladi
06 январь 2024, Суббота
Zomin ilmiy-tajriba stansiyasi tashkil etiladi
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar