Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » Zomin ilmiy-tajriba stansiyasi tashkil etiladi

Zomin ilmiy-tajriba stansiyasi tashkil etiladi

06 январь 2024 йил
176
0

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Jizzax viloyati hokimligining Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy- tadqiqot institutining Zomin ilmiy-tajriba stansiyasi tashkil etiladi.

Ilmiy-tajriba stansiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi: 

sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarining mahalliy tuproq-iqlim sharoitlariga mos, serhosil, kasallik va zararkunandalarga chidamli hamda sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan nav va duragaylarini yaratish; 

sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarining birlamchi urug‘chiligini tashkil etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish;

sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini yetishtirishning zamonaviy resurs tejaydigan texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; 

ilg‘or xorijiy tajribalarni qo‘llagan holda sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini yetishtirish va ularning hosildorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish; 

sabzavot, poliz va kartoshkachilik sohasida ilmiy xodimlarni tayyorlash, sohada faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish. 

Ilmiy-tajriba stansiyasi yuridik shaxs maqomiga ega davlat muassasasi hisoblanadi va faoliyati Institut tomonidan muvofiqlashtirilib boriladi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar