Telefonlar:
(0372) 392-12-12
(0372) 392-14-92
» » QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR

QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR

14 ноябрь 2024 йил
32
0

 Mamalakatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy hamda siyosiy tomondan rivojlanishi omillaridan biri – bu amalga oshirilayotgan keng islohatlar va qonunchilikdagi yangiliklar, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar hisoblanadi.

Bu islohatlarni hayotga tadbiq qilishning zamirida inson manfaatlari yotishi barchamizga ma’lum.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida ham turli hil sohada islohatlar amalga oshirilib, inson huquq va erkinliklariga asosiy urg‘u qaratilmoqda. Ushbu jarayon esa mamlakat rivoji uchun o‘z xissasini qo‘shmoqda.

 Mazkur islohatlarni aholiga yetkazish ularda huquqiy ong hamda huquqiy madaniyatni shakllantirish, fuqarolarga yaratilayotgan keng imkoniyatlardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida Zomin tumanidagi Hamid Olimjon mahalla fuqarolar yig‘ini binosida mahalla aholisi va faollar ishtirokida Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi X.Madatov tomonidan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlari mavzusida davra suxbatlari tashkil etildi. Jumladan, Mamlakatimizni 2017—2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilinganligi ta’kidlab o‘tildi.

Xususan, inson huquqlarini ta’minlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilganligi haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish o‘rinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganligi haqida aytib o‘tdi.

So‘nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratilganligi haqida bayon qildi.

O‘tkazilgan davra suxbatida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga sud raisi tomonidan batafsil javoblar berib o‘tildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Xotin-qizlar huquqlari davlat himoyasidadir
25 сентябрь 2024, Среда
Xotin-qizlar huquqlari davlat himoyasidadir
QONUNCHILIKDAGI ISLOHATLAR TO‘G‘RISIDA
19 сентябрь 2024, Четверг
QONUNCHILIKDAGI ISLOHATLAR TO‘G‘RISIDA
Inson huquqlarining himoya qilinishi sud tomonidan kafolatlanadi
12 сентябрь 2024, Четверг
Inson huquqlarining himoya qilinishi sud tomonidan kafolatlanadi
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar